
Mazkur maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotida balog‘at san’atlarining ifodalanishi va uslubiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda badiiy san’atlarning mumtoz matndagi vazifasi, ularning ma’no hosil qilishdagi o‘rni hamda uslubiy-estetik ta’siri yoritiladi. Asosiy e’tibor tashbeh, isti’ora, kinoya, tazod, talmeh va lafziy san’atlarning o‘zbek mumtoz poetikasidagi funksional tabiatiga qaratiladi. Taroziy, Husayniy, Navoiy va Boburga oid nazariy hamda badiiy manbalar asosida balog‘at san’atlarining obraz yaratish, ruhiy holatni ifodalash, ramziy qatlamni kuchaytirish va matnning musiqiyligini ta’minlashdagi roli ochib beriladi. Natijada o‘zbek mumtoz adabiyotida balog‘at san’atlari tashqi bezak emas, balki poetik tafakkurning ichki qonuniyatini yuzaga chiqaruvchi faol badiiy mexanizm ekani asoslanadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
