
Ushbu maqolada xitoy tilidagi grammatiklashuv (grammaticalization) jarayoni, uning nazariy asoslari va til taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Grammatiklashuv jarayonida mustaqil leksik ma'noga ega bo‘lgan so‘zlarning asta-sekin grammatik birliklarga aylanish mexanizmlari yoritiladi. Maqolada xitoy tilining analitik xususiyati grammatiklashuv jarayonining faol rivojlanishiga qanday ta'sir ko‘rsatgani ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, 的 (de), 了 (le), 着 (zhe), 过 (guo) kabi grammatik ko‘rsatkichlarning tarixiy shakllanishi va zamonaviy til tizimidagi vazifalari misollar asosida tahlil etiladi. Tadqiqot davomida grammatiklashuvning semantik zaiflashuv, sintaktik mustaqillikning kamayishi va grammatik funksiyaning kuchayishi kabi asosiy belgilari ochib berilgan. Bundan tashqari, grammatiklashuvning xitoy tilini o‘qitish, tarjima nazariyasi hamda tarixiy tilshunoslikdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari xitoy tili grammatik tizimining shakllanish qonuniyatlarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
