
Mazkur maqolada O‘zbek tili tarixi fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish masalalari tahlil qilinadi. Fan mashg‘ulotlarida interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda innovatsion yondashuvlardan foydalanishning ta’lim samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, talabalarning tarixiy-lisoniy tafakkurini rivojlantirishda zamonaviy metodlarning ahamiyati ochib berilgan.
