
Maqolada o‘zbek xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” (2001) tarixiy romanida yaratilgan obrazlar tizimi badiiy-estetik tahlil qilinadi. Asarning markaziy timsoli – Gavharshod begim siymosi xalq og‘zaki ijodidagi “ona lochin” rivoyati bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganilib, uning fidoyi ona, donishmand davlat arbobi va ma’rifatparvar shaxs sifatidagi qirralari ochib beriladi. Shuningdek, Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Husn Nigor xonim, Habiba Sulton begim va boshqa personajlarning xarakter dialektikasi, ruhiy olami, hamda ramziy ma’no kasb etishi tadqiq qilinadi. Tadqiqot natijasida Pirimqul Qodirov o‘zbek tarixiy romanchiligida ayol obrazi talqinining yangi qatlamlarini kashf etgan ijodkor sifatida e’tirof etiladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
