
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sinfdan tashqari musiqiy va estetik tarbiya faoliyatining mazmuni, shakl va usullari keng yoritilgan. Muallif yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda milliy qadriyatlar, xalq og‘zaki ijodi, san’at turlari va madaniy merosning o‘rni muhim ekanligini asoslaydi. Shuningdek, o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash va o‘z-o‘zini tarbiyalash ko‘nikmalarini hosil qilishda to‘garaklar, madaniy tadbirlar, uchrashuvlar va amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida estetik tarbiyani tashkil etish, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olish zarurligi alohida ta’kidlanadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
