
Mazkur maqola o‘zbek xalq maqollarida ifodalangan mental konseptlarni lingvokulturologik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda maqollar xalqning konseptual dunyoqarashini aks ettiruvchi barqaror lisoniy birlik sifatida talqin qilinadi. Maqollarda mehnat, sabr, oila va vatan kabi asosiy mental konseptlarning ifodalanish mexanizmlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida lingvokulturologik, konseptual va semantik tahlil usullaridan foydalanildi. Natijada maqollar xalq mentaliteti va ijtimoiy qadriyatlarini ifodalovchi muhim vosita ekanligi asoslab berildi.
