
Sun’iy intellekt bugungi kunda ko‘pincha zamonaviy texnologik inqilobning mahsuli sifatida talqin qilinadi. Biroq ushbu hodisani faqat kompyuter texnologiyalari va algoritmik tizimlar bilan bog‘lash masalaning falsafiy chuqurligini cheklab qo‘yadi. Aslida, inson aqlini tushunish, uni modellashtirish va tashqi vositalar yordamida qayta yaratishga bo‘lgan intilish inson tafakkurining eng qadimgi bosqichlaridayoq paydo bo‘lgan. Shu bois sun’iy intellekt g‘oyasini tarixiy-falsafiy kontekstdan uzib talqin qilish mumkin emas. Mazkur maqolada sun’iy intellekt konsepsiyasining shakllanishi qadimgi mifologik tasavvurlardan boshlab, klassik yunon falsafasi, islom mutafakkirlari va yangi davr ratsionalistik an’analari doirasida izchil tahlil qilinadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
