
Mazkur maqola frazeologik birliklarning milliy va madaniy jihatdan shakllanishini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Unda “tilning dunyo manzarasi” hamda “milliy dunyo manzarasi” atamalarining mazmuni yoritilib, madaniyatning til tizimidagi o‘rni ko‘rsatiladi. Frazeologizmlar xalqning tarixiy tajribasi, urf-odatlari va dunyoni idrok etish uslubini o‘zida mujassam etuvchi barqaror birliklar sifatida talqin etiladi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi ko‘plab iboralar bevosita tarjima qilinmaydi va ularni to‘g‘ri anglash uchun kontekst muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, frazeologiyaning shakllanishi geografik muhit, diniy e’tiqodlar, ijtimoiy hayot va tarixiy omillar bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlanadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
