
Qadimgi turkiy tillar, xususan XIII asrgacha bo‘lgan davr til materiallarini to‘plagan Sir Gerard Clauson o‘zining “An Etymological Dictionary of Pre-Thirteenth-Century Turkish” nomli nodir asarida turkiy tillar etimologiyasiga yirik hissa qo‘shgan. Mazkur lug‘atda minglab fe’llar fonetik, morfologik va semantik mezonlar asosida izohlangan. Qadimiy matnlardagi shakllari, turli turkiy lahjalardagi variantlari, qo‘llanish konteksti, hosila so‘zlar yasalishi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu maqolada Sir Gerard Clausonning etimologik lugʻati asosida Chigʻatoy tilidagi ayrim fe’llarning kelib chiqishi, semantik o‘zgarishlari va boshqa turkiy tillardagi shakllari tahlil qilinadi. Etimologik izlanishlar orqali bu fe’llarning tarixiy-maʼnaviy qatlamlari yoritilib, ularning zamonaviy o‘zbek tilidagi izlari ko‘rsatiladi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
