
Ushbu ilmiy maqolada Shimoliy Farg'ona vodiysining (Namangan viloyati va atrof hududlar) suv va tuproq ekotizimlarida keng tarqalgan sianobakteriyalarning ekologik-taksonomik tarkibi hamda ularga turli antropogen omillarning (sanoat va maishiy chiqindilar, mineral o'g'itlar, pestitsidlar, sug'orish tizimlarining texnogen transformatsiyasi) ta'siri atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotlar davomida antropogen yuklama ostida bo'lgan va nisbatan tabiiy saqlanib qolgan ekotizimlardan olingan namunalardagi sianobakteriyalarning xilma-xilligi, ularning sistematik tuzilishi, dominantlik darajasi va bioindikatorlik xususiyatlari qiyosiy o'rganildi. Olingan natijalar Shimoliy Farg'ona vodiysining ekologik holatini bioindikatsiya va biomonitoring qilish, tuproq va suv resurslarini barqaror boshqarish hamda biosfera muvozanatini saqlashda amaliy ahamiyatga ega.
