
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida samarali boshqaruvni tashkil etishning mazmuni, maqsadi va ahamiyati yoritilgan. Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda maktab rahbariyati, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, ota-onalar va o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikning o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim jarayonini rejalashtirish, nazorat qilish, pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va ta’lim sifatini baholash samarali boshqaruvning muhim yo‘nalishlari sifatida ko‘rib chiqilgan.
