
Ushbu maqolada lignin va uning modifikatsiyalangan hosilalarini metall korroziyasiga qarshi ekologik ingibitor sifatida qo‘llashning zamonaviy ilmiy asoslari tahlil qilindi. Ligninning kraft, soda va lignosulfonat shakllari, shuningdek kationik va akril funksional guruhlar bilan modifikatsiyalangan hosilalarining uglerodli va yumshoq po‘lat sirtiga adsorbsiyasi, elektrokimyoviy xatti-harakati va himoya qatlam hosil qilishi ko‘rib chiqildi. Nashr etilgan ma’lumotlarda kraft lignin 3,5% NaCl muhitida pH 6 da 95%, soda lignin 97% gacha ingibirlash samaradorligini ko‘rsatgan
