
Mazkur maqolada advokat javobgarligi institutining huquqiy mohiyati va nazariy asoslari zamonaviy sud-huquq islohotlari kontekstida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda advokat javobgarligi tushunchasining ilmiy talqini, uning huquqiy javobgarlik tizimidagi o‘rni hamda kasbiy javobgarlik sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, advokat javobgarligining kompleks huquqiy tabiati asoslanib, uning intizomiy, fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoyat-huquqiy shakllari o‘rtasidagi tizimli bog‘liqlik tahlil etilgan. Maqolada advokat va ishonch bildiruvchi shaxs o‘rtasidagi ishonch munosabatlarining huquqiy ahamiyati hamda ularning buzilishi natijasida yuzaga keladigan javobgarlik masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijasida advokat javobgarligi institutining nazariy asoslarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy xulosalar va umumlashtirishlar ishlab chiqilgan.
