
Ushbu maqolada tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati, tarbiyaning umumiy metodlari, shakllari va vositalari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiya metodlarini to‘g‘ri tanlash, ulardan samarali foydalanish hamda o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy, estetik, jismoniy, mehnat va fuqarolik sifatlarini shakllantirish masalalari yoritiladi.
