
Mazkur tezisda neyrodidaktik yondashuv asosida talabalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish masalasi yoritilgan. Neyrodidaktikaning ta’lim jarayonida talabalarning diqqat, xotira, motivatsiya va kognitiv faolligini hisobga olish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan neyrodidaktik tamoyillar, pedagogik metodlar va amaliy topshiriqlar tizimi taklif etiladi. Mazkur metodikadan foydalanish talabalarning axborotni tahlil qilish, dalillarni baholash, muqobil fikrlarni solishtirish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi
