
Maqolada norma ijodkorligi jarayonida jamoatchilik muhokamasining oʻrni va ahamiyati nazariy-huquqiy hamda qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Unda jamoatchilik muhokamasining asosiy tamoyillari, shakllari va norma ijodkorligi jarayonida manfaatdor tomonlarni jalb etishning ahamiyati yoritilgan. AQSH va Yevropa Ittifoqida shakllangan jamoatchilik ishtirokining institutsional mexanizmlari hamda Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining (OECD) manfaatdor tomonlarni jalb etish boʻyicha yondashuvlari Oʻzbekiston amaliyoti bilan qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, Oʻzbekistonda jamoatchilik muhokamasining konstitutsiyaviy va qonuniy asoslari, uni tashkil etish tartibi, elektron infratuzilmasi hamda 2025-yilda joriy etilgan erta bosqichda xabardor qilish mexanizmi koʻrib chiqilgan.
