
Ushbu tezisda oliy ta‘lim muassasalarida raqamli transformatsiya jarayonlari va sun‘iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash muammosi ko’rib chiqilgan. “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uning 2026-yildagi yangilangan me’yoriy-huquqiy asoslari doirasida ta’lim tizimidagi raqamlashtirish jarayonlarining iqtisodiy natijadorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida oliy ta’lim muassasalari faoliyatida raqamli texnologiyalarning moliyaviy samaradorligini baholashning integratsiyalashgan yondashuvi taklif etilgan.
