
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik ahamiyati, samarali metod va yondashuvlari tahlil qilinadi. O‘quvchilarning o‘z fikrini erkin bayon qilishi, savol berishi, muammoni tahlil qilishi va mustaqil xulosa chiqarishiga xizmat qiluvchi ta’lim usullari yoritiladi. Shuningdek, interaktiv metodlar, muammoli ta’lim, ijodiy topshiriqlar va hamkorlikdagi faoliyatning o‘quvchi tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab beriladi.
