
Mazkur maqolada STEAM ta’limining mazmun-mohiyati, uning fanlararo integratsiyani ta’minlashdagi imkoniyatlari hamda boshlang‘ich ta’lim jarayonida qo‘llashning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. STEAM yondashuvi asosida fanlarni o‘zaro bog‘lash, o‘quvchilarning amaliy faoliyatini tashkil etish, muammoli vaziyatlarni hal qilish va ijodiy fikrlashini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, loyiha, tajriba, modellashtirish va hamkorlikka asoslangan topshiriqlarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni asoslab beriladi.
