
Ushbu maqolada metabolik sindrom va insulin rezistentligining rivojlanish mexanizmlari, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda organizmda yuzaga keltiradigan patofiziologik o‘zgarishlar tahlil qilindi. Visseral semizlik, surunkali yallig‘lanish, oksidlovchi stress, adipokinlar disbalansi va ichak mikrobiotasining o‘zgarishi insulin rezistentligining muhim patogenetik omillari sifatida yoritildi. Shuningdek, metabolik sindromning qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishidagi o‘rni hamda zamonaviy diagnostika va profilaktika yondashuvlari ko‘rib chiqildi.
