
Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi sun’iy intellekt (SI) terminologiyasidagi semantik lakunalar kognitiv lingvistika — freym semantikasi, prototip nazariyasi va metafora nazariyasi — vositalari orqali tahlil qilinadi. Ingliz va oʻzbek tillari oʻrtasidagi freym asimmetriyasi “machine learning”, “hallucination” va “alignment” terminlari misolida koʻrsatiladi. Tadqiqot lakunalarning nafaqat leksik, balki kognitiv tabiatini aniqlash orqali terminologik me’yorlashtirish uchun ilmiy asos taqdim etadi.
