
Mazkur maqolada O‘zbekistonda qurilish sohasining joriy holati va uy-joy qurilishining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Qurilish hajmlari va uy-joy fondining kengayishi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida ko‘rib chiqilgan. Davlat tomonidan ipoteka dasturlari va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash choralari alohida ta’kidlangan. Shuningdek, uy-joy narxlarining oshishi, qurilish materiallari yetishmovchiligi va texnologiyalarning pasayishi kabi muammolar ko‘rsatilgan. Maqolada sohaning rivojlanishi uchun tavsiyalar berilgan.
