
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi, xususiyatlari, uni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy-psixologik va institutsional omillar hamda ularni oldini olishga qaratilgan profilaktika choralarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik xususiyatlarini tahlil qilish, uning sabablari va yo‘l qo‘yib bergan shart-sharoitlarni tahlil qilish hamda amaldagi profilaktika tizimining samaradorligini baholash va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot davomida qiyosiy-huquqiy, tizimli, statistik hamda analiz va sintez tahlil metodlaridan foydalaniladi.
