
Sog‘in sigirlarni to‘liq qiymatli oziqlantirishni tashkil etishda ratsion tarkibiga kiritiladigan oziqa turlari turli xilda va sifatli bo‘lish kerak. Shu bilan bir qatorda sog‘in sigirlarni oziqlantirishda asosan shirali oziqalar bilan oziqlantiriladi. Sigirlarni mahsuldorligini oshirishda sut berish davriga qarab oziqlantirishni tashkil etish maqsadga muofiq. Aniqsa iydirish davrida avans oziqa berish yo‘li bilan mahsulot berish davridagi genetik imkoniyatlari aniqlanib ularning me’yor ko‘rsatgichlari belgilanadi.
