
Ushbu maqolada O`zbekiston va Janubiy Koreya Respublikalari o`rtasidagi munosabatlar o`rnatilishining ilk bosqichlaridan boshlab hozirgi kungacha bo`lgan institutsional asoslari, ularning tarixiy ildizlari hamda bosqichma-bosqich rivojlanish dinamikasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda diplomatik munosabatlarning bugungi kungacha bo'lgan davrida davlat va hukumat rahbarlari saviyasidagi tashriflar, strategik sheriklik to'g'risidagi deklaratsiya va bayonotlar, shuningdek Markaziy Osiyo--Koreya Respublikasi hamkorlik forumi kabi ko'p tomonlama institutsional mexanizmlar faoliyati ko'rib chiqilgan.
