
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi dizartriyaning yengil shakliga ega 6-7 yoshli bolalardagi nutq kamchiliklarinio‘yin texnologiyalari asosida korreksiyalashning samaradorligi” nomli maqolada muallif tadqiqot mavzusiningdolzarbligini ochib beradi. Muallif dizartriyaning yengil shakli kabi nutq buzilishlari bo‘yicha nazariy tadqiqotlar natijalarinitaqdim etadi hamda maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyatini hisobga olgan holda fonetiko-fonematik jarayonlarnirivojlantirish muammolari bo‘yicha adabiyotlar sharhini amalga oshiradi. Shuningdek, maqolada logopedik ishdaqo‘llaniladigan zamonaviy o‘yin usullari va texnologiyalari yoritilib, dizartriyada nutq kamchiliklarini korreksiya qilishdaushbu usullarning yuqori samaradorligi bo‘yicha tegishli xulosalar berilgan.
