
MUALLIF HAQIDA Normurodov Xudoyor Ziyomiddin o‘g‘li 2005-yil 27-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani Pudina mahallasida tug‘ilgan. Hozirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo‘shma ta’lim fakulteti rus filologiyasi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi. Ilmiy qiziqishlari: — o‘lkashunoslik; — tarix; — tasavvuf merosi; — mahalliy madaniy merosni o‘rganish. Mazkur kitob muallifning Pudina mahallasi tarixiga bag‘ishlangan ilk ilmiy-ijodiy tadqiqot ishidir.
