
Ushbu maqolada XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligida shakllangan o‘ziga xos ilmiy, madaniy va adabiy muhit hamda me’morchilik sohasidagi yuksak taraqqiyot tahlil qilinadi. Xususan, hukmdor Umarxon (Amiriy) va ma’rifatparvar shoira Nodira (Mohlaroyim) davrida ilm-fan, adabiyot va san’atga berilgan yuksak e’tibor, madrasalar va muhtasham me’moriy obidalar (Qo‘qon o‘rdasi, Madarixon maqbarasi, Dahmai shohon) bunyod etilishi, shuningdek, xonlik olimlarining xalqaro ilmiy aloqalari yoritilgan. Maqolada Umarxon va Nodiraning qo‘lyozma merosi, ularning adabiy taxalluslari (Amiriy, Komila, Maknuna) va bugungi kunda saqlanib qolgan devonlarining ilmiy tavsifi birlamchi manbalar va arxiv hujjatlari asosida ko‘rsatib berilgan.
