
Bugungi kunda ta’lim tizimida islohotlar jarayoni jadal kechmoqda. Har bir davlat kelajagini ta’minlashda yosh avlodning bilim darajasi va tarbiyasi asosiy omil hisoblanadi. Shu bois, umumta’lim maktablarida tayyorlov guruhlarini tashkil etish masalasi dolzarbdir. Chunki tayyorlov guruhi bolalarni maktab hayotiga ruhiy, ijtimoiy va intellektual jihatdan moslashtiradi. Bu davr bolaning ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini shakllantirish, bilim olishga qiziqishini kuchaytirish va uning ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi. Maqolaning asosiy maqsadi — umumta’lim maktablarida tayyorlov guruhlarini tashkil etishning pedagogik texnologiyalarini tahlil qilish, ularning samaradorligini yoritish va ilmiy asoslangan xulosalar chiqarishdir.
