
Ushbu maqolada fermerlar o‘rtasida texnologik bilim almashinuvi jarayoni, uning amaliy tajribasi, mavjud imkoniyatlari va istiqbollari o‘rganildi. Xorijiy va mahalliy tajribalar asosida qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun bilim almashuvining ahamiyati ta’kidlandi. Maqolada SWOT tahlili yordamida jarayonning kuchli va zaif tomonlari, shuningdek, tashqi imkoniyatlar va tahdidlar tahlil qilindi hamda samarali takliflar berildi.
