
Mazkur maqolada ona tili ta’limida kompetensiyaviy yondashuv asosida lingvokulturologik ta’limni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Til va madaniyatning o‘zaro uzviy bog‘liqligi, o‘quvchilarda milliy qadriyatlarni anglash, nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish hamda lingvokulturologik kompetensiyani shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, ona tili darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va matnlar bilan ishlash orqali madaniy kompetensiyalarni rivojlantirish usullari tavsiflanadi.
