
Maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlar rahbarlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklamoqda. MTT mudiralari har kuni pedagoglar, ota-onalar va yuqori tashkilotlar bilan muloqotda boʻladilar. Bunday koʻp funksiyali faoliyat yuqori emotsional yuklama va psixologik zoʻriqishlarga (stressga) olib keladi. Rahbarning ruhiy holati bevosita muassasadagi ma'naviy-muhitga va ta'lim sifatiga ta'sir koʻrsatadi, stress hayotimizning ajralmas qismiga aylandi
