
Ushbu maqolada barqaror turizmni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar tahlili, raqamli platformalar va aqlli turizm tizimlari kabi zamonaviy texnologiyalarning barqaror turizm rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. O‘zbekiston turizm sohasidagi mavjud holat baholanib, xalqaro tajriba o‘rganilgan hamda milliy sharoitga mos tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola natijalariga ko‘ra, raqamli texnologiyalarni barqaror turizm boshqaruviga integratsiyalash samarali boshqaruv, ekologik yukni kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beradi.
