
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik asoslari, zamonaviy ta’limdagi ahamiyati hamda samarali mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida kompetensiyaviy yondashuv, konstruktivizm nazariyasi hamda xalqaro ta’lim tajribalariga tayangan holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kuzatish, izlanish, muammoni aniqlash, gipoteza ilgari surish, tajriba o‘tkazish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali usullari yoritilgan. Shuningdek, loyiha metodi, STEAM texnologiyasi, muammoli ta’lim va interfaol metodlarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda tadqiqotchilik faoliyatiga asoslangan darslarni tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodkorligi va tanqidiy tafakkurini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlaydi.
