
Surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuYe) zamonaviy kardiologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, nogironlik va o‘limning asosiy sabablaridan hisoblanadi. Metabolik sindrom (MS) esa semizlik, arterial gipertenziya, uglevod almashinuvi buzilishlari hamda dislipidemiya bilan tavsiflanadigan murakkab metabolik holat bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar metabolik sindrom mavjud bemorlarda surunkali yurak yetishmovchiligi tezroq rivojlanishi, miokard remodelingining kuchayishi hamda yurakning sistolik va diastolik funksiyalarining yomonlashishini ko‘rsatmoqda. Mazkur tadqiqotning maqsadi metabolik sindrom fonida surunkali yurak yetishmovchiligining klinik-funksional xususiyatlarini baholash hamda kompleks davolashning samaradorligini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqotga 40–75 yoshdagi 200 nafar surunkali yurak yetishmovchiligi va metabolik sindrom tashxisi qo‘yilgan bemorlar jalb qilindi. Bemorlar ikki guruhga ajratildi: standart davolash olgan guruh va kompleks davolash qo‘llanilgan guruh. Tadqiqot davomida klinik holat, NYHA funksional sinfi
