
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar asosida soliqqa tortish tizimini modernizatsiya qilishning dolzarbligi, nazariy asoslari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda O‘zbekistonda soliq ma’murchiligini raqamlashtirish jarayonlari, elektron hisob-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikalari, elektron soliq hisobotlari, masofaviy xizmatlar, avtomatlashtirilgan soliq nazorati hamda Big Data va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali soliq to‘lovchilar uchun qulaylik yaratish, soliq intizomini mustahkamlash, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va davlat budjeti daromadlarini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Maqolada soliqqa tortish tizimini modernizatsiya qilishda axborot tizimlarini integratsiyalash, soliq xizmatlarini soddalashtirish, kiberxavfsizlikni kuchaytirish va soliq to‘lovchilarning raqamli savodxonligini oshirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan. Tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston soliq tizimini zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
