
Mazkur maqolada viloyat yerlaridan foydalanish samaradorligini baholashda tabiiy-ekologik, iqtisodiy va antropogen omillarni kompleks hisobga oluvchi yer tuzishni majmuaviy baholash uslubiyati ko‘rib chiqilgan. Yerlardan foydalanishni majmuaviy baholashda qo‘llaniladigan omillarning ta’sir darajasini aniqlashning matematik apparati takomillashtirilgan bo‘lib, ularning vazn koeffitsiyentlarini ko‘p omilli korrelyatsion-regression tahlil asosida miqdoriy baholash usuli ishlab chiqilgan. Aniqlangan matematik model va olingan statistik ko‘rsatkichlar yer resurslarini boshqarishni avtomatlashtirishda subyektivlikni kamaytirish va qaror qabul qilish aniqligini oshirishga xizmat
