
Mazkur maqolada Mahmudjon Qozoqboyevning “Oʻzbekxon” tarixiy romanida tarixiy haqiqat va badiiy toʻqimaning oʻzaro uygʻunligi tahlil qilingan. Asarda tarixiy voqealar va shaxslarning badiiy talqini, tarixiy manbalardan foydalanish tamoyillari hamda yozuvchining tarixiy faktlarni estetik qayta ishlash mahorati yoritilgan. Shuningdek, tarixiy haqiqat va badiiy toʻqimaning roman poetikasidagi oʻrni hamda ularning obrazlar va syujet qurilishidagi funksiyasi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
