
Zamonaviy toksikologik kimyoda biologik namunalarda zaharli moddalarni aniqlash inson salomatligini muhofaza qilish, zaharlanish holatlariga tezkor tashxis qo‘yish hamda sud-tibbiy ekspertiza jarayonlarini ishonchli dalillar bilan ta'minlashda muhim o‘rin tutadi. Biologik obyektlar tarkibida toksik moddalar ko‘pincha juda past konsentratsiyalarda uchrashi sababli yuqori sezgirlik, selektivlik va aniqlikka ega analitik usullardan foydalanish talab etiladi. Mazkur maqolada toksikologik kimyoda keng qo‘llanilayotgan gaz xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, xromatografiya-mass-spektrometriya, atom-absorbsiya spektrometriyasi, induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya hamda immunokimyoviy tahlil usullarining imkoniyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, biologik namunalarga dastlabki ishlov berish bosqichlari, analitik natijalarning ishonchliligiga ta'sir etuvchi omillar hamda laboratoriya diagnostikasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish istiqbollari yoritildi. Tadqiqot natijalari toksikologik tahlilning samaradorligini oshirishda kompleks analitik yondashuv muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
