
Mazkur maqolada chet tili o‘rganuvchilarining audial kompetensiyasini rivojlantirishda matnga asoslangan tinglab tushunish mashqlari tizimining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot tinglab tushunish jarayonining murakkab kognitiv faoliyat ekanligi, ya’ni nutqni qabul qilish, mazmunini anglash va tahlil qilish jarayonlarini o‘z ichiga olishi haqidagi nazariy qarashlarga asoslanadi. B1–B2 darajadagi talabalarda tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tinglashdan oldingi, tinglash jarayonidagi va tinglashdan keyingi bosqichlardan iborat tizimli mashqlar majmuasi ishlab chiqildi. Tajribada autentik audio matnlar, jumladan podkastlar va ma’ruzalar qo‘llanildi. Nazorat va tajriba guruhlari natijalari taqqoslanganda, matnga asoslangan tizimli mashqlar tinglab tushunish, lug‘at boyligini oshirish, kontekstual xulosa chiqarish hamda ma’lumotlarni qayta ishlash ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirgani aniqlandi. Tajriba guruhi natijalari 26 foizga oshgan bo‘lsa, nazorat guruhida bu ko‘rsatkich 7 foizni tashkil etdi. Natijalar matnga asoslangan yondashuv chet tilini o‘qitishda audial kompetensiyani samarali rivojlantirishini tasdiqlaydi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
