
Maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻziga ishonch va shaxsiy samaradorlik (self-efficacy) ni rivojlantirishning psixologik-pedagogik asoslari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shaxsiy samaradorlik tushunchasining mohiyati, uning shakllanish manbalari hamda boshlangʻich ta'lim sharoitidagi pedagogik shart-sharoitlari zamonaviy ilmiy adabiyotlar asosida yoritilgan. Oʻqituvchi va oilaning oʻquvchida oʻziga ishonchni mustahkamlashdagi oʻrni asoslab berilgan.
