
Ushbu maqolada ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari hamda uning tashkiliy-iqtisodiy omillari tahlil qilinadi. Jumladan, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni raqamlashtirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va investitsiya faoliyatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, modernizatsiya jarayonining samaradorligini oshirishda tashkiliy va iqtisodiy omillarning o‘rni asoslab beriladi.
