
Maqola gadjetlarga qaramlikni falsafiy va iqtisodiy o‘lchamlarda murakkab hodisa sifatida o‘rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotning maqsadi – raqamli addiktsiyaning shakllanish mexanizmlarini aniqlash va uni shaxsning kognitiv avtonomiyasi hamda iqtisodiy xulq-atvoriga ta’sirini tavsiflashdir. Metodologik asos falsafiy tahlil, tizimli va qiyosiy yondashuvlar, xulq-atvor iqtisodiyoti vositalaridan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli qaramlik platforma kapitalizmining maqsadli muhandislik strategiyalari mahsuli bo‘lib, iste’molchi ratsionalligini buzadi, impulsiv iste’molni rag’batlantiradi va inson kapitalini pasaytiradi. Ilmiy yangilik raqamli addiktsiyani tahlil qilishda falsafiy-antropologik va iqtisodiy yondashuvlarni integratsiyalashdan iborat. Natijalar davlat raqamli farovonlik strategiyalari va raqamli savodxonlik dasturlarini ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
