
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining tarixiy yodgorliklaridan biri hisoblangan Makedon ko‘prigining tarixi, me’moriy xususiyatlari va madaniy meros sifatidagi ahamiyati yoritilgan. Ko‘prikning qurilish davri, uning nomlanishi bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlar hamda xalq orasida saqlanib qolgan rivoyatlar tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu yodgorlikning bugungi kundagi holati va turizm rivojidagi o‘rni haqida ma’lumotlar keltirilgan.
