
Mazkur maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida shug‘ullanuvchi yosh suzuvchilarga chalqancha suzish texnikasini o‘rgatishda innovatsion pedagogik yondashuvlardan foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida interfaol metodlar, videotasvir tahlili, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda o‘yin texnologiyalarining suzish texnikasini o‘zlashtirish samaradorligiga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar innovatsion yondashuvlar yosh sportchilarning texnik tayyorgarligi, harakat koordinatsiyasi va mashg‘ulotlarga qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi.
