
Ushbu maqolada qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, agrotexnik jarayonlarni avtomatlashtirish hamda aqlli sugʻorish (Smart Irrigation) tizimlarini joriy etishning ilmiy-amaliy asoslari tadqiq etilgan. Global iqlim oʻzgarishi va suv resurslarining kamayishi sharoitida resurs tejamkor texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada aqlli sugʻorish tizimlarining datchik (sensor)lar, mikrokontrollerlar va IoT (narsalar interneti) texnologiyalari bilan ishlash prinsiplari, matematik modellari hamda iqtisodiy samaradorligi yoritilgan. Oʻzbekiston sharoitida ushbu tizimlarni joriy etish muammolari va ularning yechimlari boʻyicha tavsiyalar berilgan.
