
Ushbu maqolada kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etishdagi amaliyotchi psixologlar faoliyati va umumta’lim maktabi bitiruvchilari bilan olib boriladigan kasbga yo‘naltirish ishlarining natijalari hamda jamiyat taraqqiyotida yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashi muximligi haqidagi fikrlar bayon etilgan. Shuningdek, kasb-hunarga yo‘naltirish tizimining asosiy vazifasi o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqatlari, qobiliyat va imkoniyatlarini to‘g‘ri (diognostik) tashxis qilib, ixtiyoriy majburiy ta’lim tizimini, ya’ni akademik litsey yoki kasb-hunar texnikumlarda va maktablarda kasb-hunar sohasini ongli va to‘g‘ri tanlashga ilmiy asoslangan to‘laqonli maslahatlarni berish uchun kasbga yo‘llash ishlarini to‘g‘ri tashkil etish maksadga muvofiqligi, bu maslahatlar tavsiya xarakteriga ega bo‘lib, haqiqiy tanlashni esa o‘quvchining o‘zi amalga oshirishi xaqida, bu tanlash to‘g‘ri bo‘lishi uchun bitiruvchilardan yil davomida maktab psixologi tomonidan olib boriladigan amaliy ishlar yoritib berilgan.
