
Bugungi kunda zamonaviy basketbol yuqori tezlik, tezkor fikrlash va murakkab texnik harakatlarni talab qiluvchi sport turi hisoblanadi. O‘yin jarayonida sportchi tez yo‘nalish o‘zgartirishi, sakrashi, raqib bilan kurashishi va shu bilan birga tana muvozanatini saqlab qolishi kerak. Basketbolchilarning texnik va taktik tayyorgarligida muvozanat qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Muvozanat sportchining harakatlarni aniq bajarishi, yiqilmasligi va murakkab vaziyatlarda tanani boshqara olishini ta’minlaydi. So‘nggi yillarda sport amaliyotida koordinatsion va muvozanat mashqlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Chunki muvozanat qobiliyati rivojlangan sportchilar texnik harakatlarni samaraliroq bajaradi va o‘yin davomida kamroq xato qiladi. Shu sababli basketbolchilarda muvozanat qobiliyatini rivojlantirish masalasi dolzarb ilmiy muammolardan biri hisoblanadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
