
Mazkur maqola jahon folklorshunosligida topishmoqlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy qarashlarning shakllanishi, evolyutsiyasi va nazariy asoslarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda topishmoq janri mifologik, antropologik, qiyosiytipologik hamda semiotik ilmiy maktablar doirasida ko‘rib chiqilib, uning kelib chiqish mexanizmlari va semantik tabiati ochib beriladi.
