
Mazkur maqolada 100 metrga baryer osha yuguruvchi yengil atletikachilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirishda maxsus mashqlarning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida baryer osha yugurish texnikasini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar kompleksining sportchilar natijalariga ta’siri o‘rganildi. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, test sinovlari va pedagogik tajriba metodlari asosida olingan natijalar maxsus mashqlarni muntazam qo‘llash sportchilarning texnik mahorati, harakat koordinatsiyasi hamda musobaqa natijalarini yaxshilashga xizmat qilishini ko‘rsatdi.
